Quvonch olib kelgin yangi yil

Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yilda qolsin eski dard,
Olam ahli yayrasin xursand,
Kutilmagan o‘zingga monand
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yildan mayli ginam yo‘q,
Unda topdim ibrat va yutuq,
Bir kami yo‘q, tugalu to‘liq
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Yaqinlarim qaddi tog‘ bo‘lsin,
Farzandlarim ko‘ngli chog‘ bo‘lsin,
Sog‘inganlarim ham sog‘ bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

— Noma'lum