Eski yilni kuzatib

Eski yilni kuzatib,
Dasturxonni bezatib,
Yangi yilni barchamiz,
Kulib kutib olamiz.

Issiq kiyim kiyamiz,
Qorni juda suyamiz.
Chanada biz uchamiz,
Yangi yilni quchamiz.

— Noma'lum

To'liq o'qish

Quvonch olib kelgin yangi yil

Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib …

— Noma'lum

To'liq o'qish

Yangi yil bilan azizim

Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Birgalikda barcha azizlar;
Qo’shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg’alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Yana sizga shirin so’z …

— Qodir

To'liq o'qish

Qorbobomiz Oppoq

Qorbobomiz oppoq,
Peshonasi yalpoq.
Xassasi uzunchoq,
Qopi to'la o'yinchoq.

Sahovatli, beg'ubor,
Qalbi to'la quvonch bor.
Bizni sog'inib kelar,
Baxtu omadlar tilar.

Archa atrofda davra,
Bolajonlar sho'x-shodon.
Yangi yil keldi mana,
Qutlug' bo'lsin bu zamon!

— Noma'lum

To'liq o'qish

Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon

Archalar shoxida turar tillo zar,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar.
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Olislarda qoldi bolalik chog‘im,
Bugun o‘z-o‘zimga bir dildosh sog‘im.
Duoingiz bilan bog‘langan bog‘im,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Taqdirning yo‘llari bo‘lsa-da uzun,
Men sizni sog‘indim, sog‘indim bugun.
Qalbimda pichirlar bir shirin quyun,
Yangi …

— Noma'lum

To'liq o'qish